Huawei 1
Diyor Imomxo'jayev: "O'zbekistondan 10 kun keyin yig'ilgan Saudiya 3ta to'p farqi bilan yengdi"

PFL bosh direktori Diyor Imomxo'jayev milliy terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovning qarorlari qanchalik noto'g'ri bo'lganiga e'tibor qaratdi.

"O'zbekiston MTJ saralash uchun yig'inni 21 may kuni boshladi, Saudiya esa 31 may kuni. Yakunda 10 kun keyinroq yig'ilgan jamoa 3 ta to'p farqi bilan g'olib chiqdi.

Saudiyani yevropalik murabbiy boshqaradi va doim FIFA kunlarini hamda jamoalarning unga bo'lgan munosabatlarini hurmat qiladi, Kuper ham shunday edi. Abramov esa yakunda o'zining qanchalar saviyasiz ekanini ko'rsatdi (aslida bungacha ham 2 marta ko'rsatib, Pekin va London olimpiadalaridan chetda qolishimizga sababchi edi).

Yuqoridagi 10 kunlik O'zPFL rejalariga ta'sir o'tkazadi. Biz mavsumni 30 noyabrdan o'tkazmay tugatish niyatida edik. Kuz oyidagi 3 ta FIFA kunlarini inobatga olib tuzgan taqvimimizda, kubok finali 5 dekabrga to'g'ri keladi. Albatta, oldinda bizni nimalar kutayotganini vaqt ko'rsatadi. Chunki biz O'zbekiston termasining kuz oyidagi rejalari haqida bilmaymiz" - deb yozdi Diyor Imomxo‘jayev.

Izohlar: 4
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90301 | Инструменты