Huawei 1
Eldor Shomurodov “Kalyari” jamoasining doimiy aʼzosiga aylanishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Sardiniya klubining doimiy aʼzosiga aylanishga yaqin turibdi.

Gap shundaki, Qatardagi Osiyo kubogini o‘tkazib yuborgan vakilimiz jarohatidan forig‘ bo‘lgach, Klaudio Ranyeri jamoasining hujumdagi eng ishongan futbolchisiga aylandi. Eldorning transfer huquqlari “Roma”ga tegishli ekanidan xabaringiz bor.  

“Kalyari” jamoasi esa 28 yoshli hujumchimizni butkul o‘z jamoasi tarkibiga qo‘shib olmoqchi. “Roma” va “Kalyari” o‘rtasidagi shartnomada Eldor Shomurodovni sotib olish opsiyasi mavjud bo‘lib, hozirda sardiniyaliklar uni faollashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.  

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov shu paytgacha sardiniyaliklar safida A Seriyaning 18 ta o‘yinida ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 3 ta assistga mualliflik qildi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga