“Eng zo'r-2022”: Bugun O'zbekiston futbolining 2022-yildagi eng yaxshilari taqdirlanadi

Bugun O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi yil yakunlariga bag‘ishlangan ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022 taqdirlash marosimini o‘tkazadi. Ushbu tadbir 15:30 da start oladi. Marosimning eng qiziqarli va muhim voqealarini saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Asosiy nominatsiyalar bilan tanishing:

1. Coca-Cola Superligada yil murabbiyi. Nomzodlar:

— Samvel Babayan – Navbahor bilan jamoa tarixidagi dastlabki kumush medalni qo‘lga kiritdi, OCHL yo‘llanmasiga ega chiqdi;
— Mirjalol Qosimov – AGMK mavsumni 4-pog‘onada yakunladi va OCHL yo‘llanmasiga ega chiqdi;
— Ro‘ziqul Berdiyev – Superliga bronza medali sohibi, jamoa bilan OCHL yo‘llanmasiga ega chiqdi;
— Timur Kapadze – Dastlabki mavsumdayoq jamoa kuchli oltilikdan o‘rin egalladi.

2. Coca-Cola Superligada yil futbolchisi. Nomzodlar:

— Temurxo‘ja Abduxoliqov — 23 o‘yin, 13 gol, 3 assist;
— Dragan Cheran — chempion, 23 o‘yin, 20 gol, 3 assist;
— Jamshid Iskanderov — kumush medali sohibi, 26 o‘yin, 7 gol, 6 assist;
— Husniddin Aliqulov — bronza medali sohibi, 24 o‘yin, 2 gol, 3 assist, Superligada yakkakurashlarda eng ko‘p g‘olib chiqqan futbolchi (233).

3. Coca-Cola Superligada yil goli. Nomzodlar:

— Javohir Sidiqov (“Qo‘qon-1912” – “Olimpik” uchrashuvida kiritgan goli);
— Doniyor Abdumannopov (“Navbahor” – “So‘g‘diyona”);
— Sirojiddin Qo‘ziyev (AGMK – “Neftchi”);
— Sharof Muhitdinov (“Nasaf” – “Olimpik”);
— Hojiakbar Alijonov (“Navbahor” – “Paxtakor”);
— Husayn Norchayev (“Surxon” – “Nasaf”);
— Islomjon Toshpo‘latov (“Qo‘qon-1912” – “Surxon);
— Umarali Rahmonaliyev (“Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor”).


4. Eng zo‘r-2022. Yil futbolchisi. Nomzodlar:

— Jamshid Iskanderov — kumush medali sohibi, 26 o‘yin, 7 gol, 6 assist;
— Husniddin Aliqulov — bronza medali sohibi, 24 o‘yin, 2 gol, 3 assist, Superligada yakkakurashlarda eng ko‘p g‘olib chiqqan futbolchi (233);
— Eldor Shomurodov — “Roma” safida Konferensiyalar Ligasi g'olibi, terma jamoaning bu mavsumdagi eng yaxshi to'purari;
— Bobur Abduxoliqov — Belarus Oliy Ligasida to'purar, 30 o'yinda 26 gol, 7 assist.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62810 | Инструменты