ESPN: Nima uchun O‘zbekiston JCH-2026 yulduziga aylanishi mumkin?

2026-yilgi FIFA erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida jamoalar sonining 32 tadan 48 taga ko‘payishi ko‘plab jamoalar uchun imkoniyat yaratadi. Biroq AQSHning yetakchi sport nashri ESPN ta'kidlashicha, mamlakatlar sonini ko‘paytirmasa ham, O‘zbekistonning mundialda qatnashish imkoniyati katta.

"Oq bo‘rilar" — Markaziy Osiyodagi ajoyib jamoa va butun Osiyo futbolidagi eng tez rivojlanayotgan jamoalardan biri. Mamlakat yoshlar terma jamoalari so‘nggi yillarda ajoyib natijalarni ko‘rsatdi, bu esa Osiyo musobaqalarining turli darajalarida iste’dodlar muvaffaqiyatli yetishtirilayotganidan dalolat berishi mumkin.

2023-yil sentabrida AQSHga 3:0 hisobida yutqazib, Meksika bilan durang o‘ynagan O‘zbekiston terma jamoasi revansh uchun Shimoliy Amerikaga qaytishi mumkin.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72707 | Инструменты