Huawei 1
FIFA mart va iyunda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan JCH-2022 saralash o‘yinlarini noma'lum muddatga qoldirdi

FIFA va Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyalari bilan maslahatlashgandan so'ng, koronavirus tarqalishini oldini olish maqsadida Qatar-2022 Jahon chempionati uchun bo'ladigan Osiyo saralash o'yinlarini  quyidagicha kechiktirishga kelishib olishdi:

Shu yilning 23-31 mart va 1-9 iyun kunlari bo'lib o'tishi rejalashtirilgan o'yinlar noma'lum muddatga qoldirildi.

FIFA va OFK qoldirilgan o'yinlar bo‘yicha yana o‘zaro muhokama o‘tkazishadi.

Biroq, OFK ga a'zo futbol assotsiatsiyalari o‘zaro kelishgan holda yuqoridagi sanalarda o‘yinlarni o‘tkazishlari mumkin. Faqat buning uchun o‘yinlarga jalb qilinuvchi barcha shaxslarning xavfsizligi ta'minlanishi shart hamda  FIFA va OFKni oldindan ogohlantirsh zarur.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71707 | Инструменты