Huawei 1
Futbol: "Parij-2024" yo‘llanmasi uchun kurash boshlandi

Qatarda 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogining dastlabki turini “A” guruhidan o‘rin olgan terma jamoalar boshlab berdi.

Musobaqa va guruhning ilk uchrashuvi «Abdullah bin Nasser bin Khalifa Stadium»da Avstraliya – Iordaniya termalari o‘rtasida kechdi. Mazkur bahsda hisob ochilmadi va terma jamoalar 1 ochkoni qo‘lga kiritdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Qatar va Indoneziya «Jassim Bin Hamad Stadium»da o‘zaro raqobatlashdi. Uchrashuvda Ali hamda Al Ravi kiritgan gollar evaziga mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa, Qatar birinchi turdan so‘ng «A« guruhida 3 ochko bilan peshqadamga aylandi. Avstraliya va Iordaniya 1 ochko bilan keyingi pog‘onalardan o‘rin olgan bo‘lsa, Indoneziya mag‘lubiyat evaziga so‘nggi o‘ringa joylashdi.

Bugun, U23 Osiyo kubogining “B” guruhida Yaponiya – Xitoy, Janubiy Koreya – Birlashgan Arab Amirliklari, “S” guruhida Saudiya Arabistoni – Tojikiston, Iroq – Tailand terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi.  

Biz uchun ushbu o‘yinlarning eng ahamiyatlisi, Janubiy Koreya – BAA terma jamoalari o‘rtasidagi raqobatdir. Sababi, mazkur bellashuvni hamyurtlarimiz Rustam Lutfullin bosh hakam sifatida, qanotlarda Sanjar Shoyusupov hamda Alisher Usmonov boshqaradi. Yana bir hakamimiz Firdavs Norsafarov VAR hakami vazifasini bajaradi.  

Maʼlumot uchun, ertaga 17 aprel kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi “D” guruhidan o‘rin olgan Malayziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuvni Ahmad Faysal Muhammad Alali (Iordaniya) bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga hamyurtlari Ayman Faysal Hamza Obaydat va Ahmad Mansur Samara Muhsin qanotlarda yordam beradi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga