Huawei 1
Futzal boʻyicha Osiyo kubogi saralash bosqichining qurʼa tashlash marosimi qachon o'tishi ma'lum bo'ldi

OFK 2022-yil Kuvaytda boʻlib oʻtadigan futzal boʻyicha Osiyo kubogi saralash bosqichining qurʼa tashlash marosimi vaqtlarini maʼlum qildi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, 2022-yilning 6-yanvar kuni soat 18:00 da Kuala Lumpurdagi OFK qarorgohida qurʼa tashlash marosimi onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Maʼlumot oʻrnida, Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi Eron bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.

Vakillarimiz Markaziy va Janubiy zona saralashida ishtirok etishadi, bahslar 2022-yilning 1-15-aprel kunlarida oʻtkaziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga