Gvardiola “Siti” bilan xayrlashadi

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiy Xosep Gvardiola mavsum yakunida klubni tark etishini rasman tasdiqladi.

Klub matbuot xizmati so‘nggi 10 yil mobaynida klub bilan jami 20 ta sovrinni qo‘lga kiritgan mutaxassisning muxlislar bilan xayrlashuv videosini eʼlon qildi.

"Ketishim sabablari haqida so‘ramang. Hech qanday sabab yo‘q. Lekin qalbimning tubida bilaman: ketadigan vaqtim keldi. Hech narsa abadiy emas. Agar abadiy bo‘lganida, men bu yerda qolgan bo‘lardim. Abadiy qoladigan narsa — bu hissiyotlar, odamlar, xotiralar va mening "Manchester Siti"ga bo‘lgan muhabbatimdir", – degan ispaniyalik mutaxassis.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52217 | Инструменты