Huawei 1
JCH-2026 saralashi. O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lubiyatga uchratdi

Bugun, 16-noyabr kuni JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralashi 2-bosqich 1-turi doirasida O‘zbekiston milliy jamoasi safarda Turkmanistonga qarshi maydonga tushdi.

Ashxoboddagi sun’iy qoplamali maydonda o‘tgan bahsda vakillarimiz o‘yinda 3:1 hisobida g‘alabaga erishishdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston E guruhida turnirni g‘alaba bilan boshlab, 3 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Eron esa Hongkongga qarshi o‘ynaydi. Katanets shogirdlari 2-turda 21 noyabr kuni Toshkentda Eronga qarshi saf tortadi.

JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralashi. 2-bosqich.

1-tur. 16 noyabr (payshanba). E guruhi

Turkmaniston – O‘zbekiston – 1:3

Hakam: Hiroyuki Kimura (Yaponiya)

Gollar: Meylis Durdiyev 44 – Otabek Shukurov 57, 77, Eldor Shomurodov 90+1

Turkmaniston: 23.Rahat Japarov, 2.Guychmurat Annaguliyev, 3.Shohrat Soyuunov, 4.Meylis Durdiyev (6.Alibek Abdurahmonov, 79), 8.Ruslan Mingazov (14.Sanazar Tirkisov, 78), 10.Elman Tagayev, 13.Velmurat Ballakov (20.Selim Nurmiradov, 61), 15.Abdi Bashimov, 17.Altinmurad Annadurdiyev (7.Arslanmirat Amanov, 61), 18.Yazgilich Gurbanov, 21.Teymur Choriyev.

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 3.Hojiakbar Alijonov (13.Sherzod Nasrullayev, 75), 4.Farrux Sayfiyev, 5.Rustam Ashurmatov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 11.Oston O‘runov (22.Abbos Fayzullayev, 55), 14.Eldor Shomurodov, 15.Abduqodir Husanov, 19.Azizbek Turg‘unboyev (21.Igor Sergeyev, 55), 23.Husniddin Aliqulov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты