Huawei 1
“Liverpul” va “Bavariya” Mane transferi bo'yicha kelishuvga erisha olmayapti

Angliyaning “Liverpul” klubi Myunxenning “Bavariya” klubi bilan hujumchi Sadio Mane transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti.

Myunxen grandi 30 yoshli senegallik futbolchi uchun 21 mln funt va 4 million bonus taklif qildi (Chempionlar Ligasidagi g‘alaba uchun), biroq mersisaydliklar bunga rozi bo‘lishmayapti. Xabarlarga ko‘ra, “Liverpul” Mane bo‘yicha taklif qilinayotgan qiymatni juda past deb hisoblagan.

Ma’lumot uchun, hujumchi o‘tgan mavsumda APLda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol hamda 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61909 | Инструменты