Huawei 2
Neymar "PSJ" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi

Neymarning shartnomasida ko'rsatilgan tovon puli - 222 million yevroni kataloniyaliklarga o'tkazib berishdi.

"PSJ" matbuot xizmati klub Neymarni OAV vakillari va muxlislarga rasman bugun tanishtirishini ma'lum qildi. Braziliyalik hujumchining tanishtiruv marosimi bugun bo'lib o'tadi. Neymar Parij klubida 10-raqamda to'p tepadi.

“Barselona”dan “PSJ”ga ko'chib o'tgan hujumchi Neymar yangi jamoasidagi maqsadlari haqida gapirib o'tdi.

“PSJ” tarkibiga kelib qo'shilganimdan baxtiyorman. Men Yevropaga kelgan vaqtimdan buyon ushbu klub raqobatbardoshligi va o'z amibiciyalariga ega ekanligini bilardim. Bu meni yangi jamoaga o'tishimga o'ziga xos chaqiriq bo'ldi.  Maqadim “PSJ” muxlislari uchun kerakli bo'lgan sovrinlarni yutish uchun jamoaga ko'maklashish.

Men Yevropada to'rt mavsum o'tkazdim va o'zimni yangi sinovlarda sinab ko'rishni istadim. Bugundan boshlab yangi jamoadoshlarimga qo'limdan kelgancha ko'maklashishga, klubimiz zarvaraqlarida yangi sahifalarni ochish va “PSJ”ning butun dunyodagi millionlab muxlislarini baxtli qilishga intilaman”, - deydi hujumchi.

Qizig'i, "PSJ" klubi kechaning o'zidayoq Neymar familiyasi tushirilgan formalarni sotuvga chiqarishga ulgurdi. 

Shu tariqa, Neymar hali jamoaga qo'shilib ulgurmay, klubga foyda keltira boshladi. PSJ "Barsa"ga to'lagan pullarining bir qismini mana shu kabi formalar sotuvidan qaytarib olishi turgan gap. 

Eslatib o'tamiz, Neymar shu tariqa 105 million evro evaziga "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan Pol Pogbani ortda qoldirgan holda, futbol tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga