Huawei 1
O‘FA Fabio Kannavaro bilan muzokaralarga kirishganini tasdiqladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa hisoblansa, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko‘rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etishdir.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bu borada barcha yo‘nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, xalqaro tajribaga ega va Jahon chempionatida ishtirok etgan mutaxassislarni terma jamoaga taklif etish boʻyicha sa’y-harakatlar davom etmoqda. Xususan, OʻFA rahbariyati bu borada yaqin o‘tmishning yorqin yulduzlaridan biri, Jahon chempionati g‘olibi, 2006-yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Muzokaralar boʻyicha batafsil va rasmiy xabarlar OʻFA sahifalarida e’lon qilinadi. OAV vakillaridan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan norasmiy va asossiz xabarlarga tayanmasliklarini soʻraymiz", deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100414 | Инструменты