O‘zbekiston va Ozarbayjonda U-20 jahon chempionati 2027 yil 17 sentyabrdan 9 oktyabrga qadar o‘tkaziladi

Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 22 oktyabr kuni Kengash byurosi yig‘ilishida O‘zbekiston va Ozarbayjon birgalikda mezbonlik qiladigan U-20 jahon chempionatining sanalarini rasman tasdiqladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assosiatsiyasi xabar berdi.

Musobaqa 2027 yil 17 sentyabrdan 9 oktyabrga qadar davom etadi. Unda 24 ta yoshlar terma jamoasi jahon chempioni unvoni uchun kurash olib boradi.

Shuningdek, FIFA musobaqa uchrashuvlarini stadiondan tomosha qilishni istagan muxlislar uchun dastlabki ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini ochdi. Buning uchun FIFA’ning rasmiy saytidagi FIFA.com/tickets bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Shundan so‘ng chiptalar savdosi boshlanishi haqida xabarnomalar olish imkoni bo‘ladi. Hozircha chiptalar narxi va ularni sotishning aniq sanasi e’lon qilinmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102311 | Инструменты