Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi
Kecha, 16 oktabr kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, Shayx Salmon bin Ibrohim Al-Xalifa boshchiligidagi delegatsiya joriy yilning 16-18 oktyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Tashrif doirasida mamlakatda futbolni yanada ommalashtirish, uning infratuzilmasini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator muhim loyihalar va ob’ektlar bilan tanishish rejalashtirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101814 | Инструменты