Qatardagi Jahon chempionatida kelishilgan o‘yinlar bo‘lganmi? FIFA yakuniy tahlillarni e’lon qildi
Xabaringiz bor, bir necha kun avval Qatarda futbol bo‘yicha Jahon Chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Kecha, 22-dekabr kuni JCH—2022 kelishilgan o‘yinlar va adolatli o‘yin masalalari bo‘yicha FIFA’ning monitoring guruhi o‘z ishini muvaffaqiyatli yakunladi. Natijalarga ko‘ra, 64 ta bahs ichidan birorta kelishilgan o‘yin topilmadi.
Ishchi guruh o‘z faoliyati davomida qonuniy bukmekerlik bozorlari monitoringi hisobotlarini tahlil qildi, tekshiruvlar o‘tkazdi va shubhali xatti-harakatlar bo‘lishi mumkinligi sabab musobaqalar o‘tkaziladigan joylarni nazorat qildi. Tahlillar natijasida, turnirdagi 64 o‘yinni birortasida natijaga ta’sir o‘tkazilganlik aniqlanmadi.
Avvalroq, Fransiyada Argentinaga qarshi Jahon chempionati finalini qaytadan o‘tkazish haqidagi petitsiya 200 mingdan ortiq ovoz to‘plagani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты