Huawei 1
Rasman: O'zbekistonlik Valdemar Anton "Borussiya"ning yangi himoyachisi

Valdemar Anton “Shtutgart”ni “Borussiya”ga almashtirdi. 27 yoshli himoyachi to'rt mavsumga shartnoma imzoladi.

Ilgari Anton shvabiyaliklar bilan mavsumni juda muvaffaqiyatli o'tkazgan. Futbolchi Germaniya terma jamoasida debyut qildi va Yevro-2024 uchun tarkibda bo'lib, ikkita o'yin o'tkazdi.

Anton Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Futbolchi avvalroq ota-onasi O‘zbekistonda tug‘ilgani, keyinchalik Germaniyaga ko‘chib o‘tgani haqida ma’lum qilgandi. Antonning so‘zlariga ko‘ra, uning bobosi va buvisi o‘zbek tilida gaplashgan, ota-onasi esa rus tilida muloqot qilgan. 


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты