"Real" 36 yoshli Modrich va Vinisiusga yangi shartnoma taklif qildi
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi futbolchilari Luka Modrich hamda Vinsius Junior klub bilan amaldagi shartnomalarini uzaytirishga yaqin turishibdi.
Xorvatiya terma jamoasi yetakchisining amaldagi shartnomasi yozda yakuniga yetadi va madridliklar unga 2023-yil yozigacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilmoqda. Futbolchi bilan bitimning barcha shartlari kelishib bo‘lingan.
Vinisius Juniorga esa “qirollik klubi” tomonidan 2028-yilgacha shartnomani uzaytirish taklif qilinyapti. Ammo braziliyalik futbolchi yangi bitim tuzishga shoshmayapti.
Ma’lumot uchun, 21 yoshli futbolchining La Liga chempionlari bilan amaldagi shartnomasi 2024-yilgacha amal qiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61910 | Инструменты