Huawei 1
“Roma“ uch nafar futbolchini 30 iyunga qadar sotishi shart

“Roma“ bundan buyon 30 iyunga qadar moliyaviy feyr-pley parametrlari bo‘yicha hisob-kitoblarni tartibga solish uchun futbolchilarining sotuvidan 10 million yevro ishlashi lozim. Shu sababli rimliklar uchta futbolchini sotuvga qo‘ydi.

Ular Eldor Shomurodov, Abdulhamid Saud va Leandro Paredes.

Eldorga Turkiyaning “Istanbul Bashakshexir“ klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq tomonlar hozircha muzokara olib borishmadi.

Saudga “Lans“ qiziqish bildirmoqda. Biroq fransiyaliklar futbolchini faqatgina ijaraga olishni reja qilishgan. Paredesni “Boka Xunior“ qo‘lga kiritishni reja qilgan. Ammo Argentina jamoasi ham “Roma“ so‘ragan pulni berishni istamayapti.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70514 | Инструменты