Sadriddin Hasanov dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari qatoriga kirdi

Toshkentning “Bunyodkor” klubi hujumchisi Sadriddin Hasanov Britaniyada chop etiladigan The Guardian gazetasi versiyasiga ko‘ra dunyo futbolidagi eng yaxshi yosh isteʼdodlar ro‘yxatiga kirdi.

Ro‘yxatga 2008 yilda tug‘ilgan jami 60 nafar o‘smir futbolchi kiritilgan.

The Guardian Sadriddin Hasanovga quyidagicha taʼrif bergan:

“O‘zbekiston aprel oyidagi U-17 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoni bilan birinchi taymdan keyin 0:0 hisobida durang qayd etayotgan, lekin ikkita qizil kartochkadan keyin 9 kishi bo‘lib qolgan edi. Hasanov maydonga tushdi, jamoani 2:0 hisobidagi g‘alabaga ruhlantirdi va o‘zi ham gol urdi. U jami to‘rtta goli bilan, musobaqaning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.

Hasanov chap qanotdan yorib kirishni yoqtiradi. Tezkor, kuchli, intiluvchan. G‘oliblik ruhiyatiga ega. Allaqachon Turkiyaga ketishi haqida mish-mishlar tarqalgan – agar Osiyoda yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb eʼtirof etilsa (u OFKning shortlistiga kiritilgan), tez orada unda boshqa variantlar ham paydo bo‘lishi mumkin”.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101903 | Инструменты