Huawei 2
Shomurodov — Konferensiyalar Ligasining eng tezkor futbolchisi!

Yevropa Konferensiyalar Ligasi ilk mavsumi yakuniga yetgach, UEFA rasmiy sayti klublarning turnirdagi statistik ko'rsatkichlari haqida ma'lumot berdi. 

Unga ko'ra, finalda g'olib chiqqan "Roma"ning o'zbekistonlik a'zosi Eldor Shomurodov turnirning eng tezkor futbolchisi deb topildi. Turnirda 9 o'yinda maydonga tushgan 26 yoshli O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi o'z tezligini maksimal 33,6 km/soatgacha chiqara olgan. 2-o'rinni finalchi "Feyenoord" a'zosi Dessers egallagan bo'lsa, "Roma" himoyachisi Kris Smolling beshlikni yakunlab bergan. 

E'tiborlisi, Shomurodovni raqobatda yutib, mavsumning aksariyat bahslarida asosiy tarkibdan o'rin egallagan Temmi Abraham bu borada 31,9 km/soatgagina erishgan xolos.

Ma'lumot uchun, Eldor yakuniga yetgan mavsumda rimliklar safida jami 40 ta o'yinda maydonga tushib, 5 gol va 6 golli uztma amalga oshirishga muvaffaq bo'lgan.

Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Davron
    -27
    Davron 1 yil avval

    manimcha finalda o'ynaganlani ichida eng tezkori bo'lsa kere. spsikada faqat Roma va Feyenord a'zolari turibdi.

  • Abdurashid
    11
    Abdurashid 1 yil avval

    Iltimos toʻri yozila uzatmani uztma qibmas


Tepaga