Taniqli rossiyalik sharhlovchi Aleksandr Shmurnov "El klasiko"ni FUTBOL TV telekanalida sharhlaydi
Xabaringiz bor, 1 mart kuni Ispaniya chempionatidan o'rin olgan uchrashuvda navbatdagi "El klasiko" — "Real"-"Barselona" o'yini bo'lib o'tadi.
Mazkur o'yin FUTBOL TV telekanali orqali soat 01:00dan boshlab jonli efirda namoyish qilinadi. O'yinga bo'lgan katta qiziqishni e'tiborga olgan holda, uchrashuv parallel ravishda ikki tilda — o'zbek va rus tillarida sharhlab boriladi. O'yinni o'zbek tilida Davron Fayziyev sharhlasa, rus tilida sharhlab borish uchun taniqli rossiyalik sharhlovchi Aleksandr Shmurnov taklif qilindi.
Aleksandr Shmurnov - Rossiya telekanallaridagi eng o'qimishli sport sharhlovchilaridan biri. U "Sport jurnalistikasi markazi" maktabini tashkil etgan bo'lib, mazur maktab bitiruvchilari bugungi kunda "Match TV", "Yevrosport", "Sport-Ekspress" kabi bir qator yetakchi sport kompaniyalarida faoliyat olib borishmoqda.
Aleksandr Shmurnov dastlab shu kuni soat 23:00da FUTBOL TV telekanalida jonli efirda namoyish qilinadigan FAN TIME ko'rsatuvida ishtirok etadi. Ko'rsatuvga tashrif buyurgan muxlislar bilan tashkil etiladigan suhbat va viktorinalarda qatnashadi. Keyin esa o'yinni sharhlab borish uchun FUTBOL TV telekanaliga yo'l oladi.
Ma'lumot uchun, bu Shmurnovning yurtimizga birinchi tashrifi emas. Bundan avval Aleksandr Ivanovich 2015 yil sentyabr oyida UZREPORT TV telekanali taklifiga ko'ra Toshkentga tashrif buyurgan bo'lib, o'shanda u Yevropa Chempionlar ligasidan o'rin olgan "Real" Madrid - "Shaxtyor", "Barselona" - "Roma" va "Portu" - "Chelsi" uchrashuvlarini UZREPORT TV telekanali muxlislari uchun sharhlab borgandi.
FAN TIME ko'rsatuvida ishtirok etmoqchi bo'lgan futbol muxlislari quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin: +(99890) 903-31-36.
Alpha version: 0.9.1.19 build 41601 | Инструменты