UFC-284: Islom Maxachev uzoq kutilgan jangda Volkanovskini mag‘lub etib, kamarini himoya qildi, Zubayrada mag‘lubiyat
Avstraliyaning Pert shahrida bugun, 12-fevral tongida UFC-284 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
MMA kechasining markaziy jangi yengil vazn toifasi chempioni Islom Maxachev (24-1) va yarim yengil divizion chempioni Aleksandr Volkanovski (25-2) o‘rtasida kechdi. Birinchi raund boshida Volkanovski kuchli zarbalari bilan Maxachevni muvozanatdan chiqarishga erishdi, biroq raund davomida Islom vaziyatni o‘ngladi va uni o‘z foydasiga hal etdi. Keyingi ikki raundda har ikki yakkakurashchi faol harakat qildi.
To‘rtinchi raund Maxachev foydasiga yozildi, rossiyalik yakkakurashchi raund davomida raqibini parterda ushlab turdi. Beshinchi raundda zarbalar borasida Maxachev ustunlik qildi, so‘nggi daqiqada esa Volkanovski kuchli zarba bilan Islomni muvozanatdan chiqardi va uni parterda nazorat qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Yana bir markaziy janglardan biri yarim yengil divizion vakillari Yair Rodriges (15-3) va Josh Emmet (18-3) o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Unda Rodriges ikkinchi raundda raqibini sabmishen orqali taslim etib, divizionning vaqtinchalik chempioniga aylandi.
Asosiy kard
Islom Maxachev ochkolar evaziga Aleksandr Volkanovskini mag‘lub etdi;
Yair Rodriges 2-raundda Josh Emmetni sabmishen orqali taslim etdi;
Jek Maddalena 1-raundda Rendi Braunni sabmishen bulan yengdi;
Jastin Tafa 1-raundda Parker Porterni nokautga uchratdi;
Jim Krut va Alonzo Menifild o‘rtasidagi jang durang bilan yakunlandi.
Prelim kard
Modestas Bukauskas ochkolar evaziga Tayson Pedroni mag‘lub etdi
Joshua Kulibao 2-raundda sabmishen belan Melsik Bagdasaryanni yengdi;
Kleydson Rodriges 1-raundda Shennon Rossni nokaut qildi;
Jeymi Malarki ochkolar evaziga Fransisko Pradoni yutdi;
Jek Jenkins ochkolar evaziga Don Shainisni mag‘lub etdi;
Konklak Sufisara 2-raunddagi sabmishen evaziga Elise Ridni yutdi;
Bleyk Bilder ochkolar hisobiga Sheny Yangdan ustun keldi;
Elvis Oliveyra ochkolar evaziga Zubayra Tuxugovni yengdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121708 | Инструменты