Huawei 1
UZREPORT TV telekanali futbol bo'yicha O'zbekiston Pro ligasining media va tijorat huquqlarini qo'lga kiritdi

Futbol ishqibozlarining milliy futbolimizga bo'lgan qiziqishini inobatga olgan holda, shuningdek, o'zbek futboli rivojiga hissa qo'shish maqsadida UZREPORT TV telekanali O'zbekiston Pro ligasi musobaqasining 2020-2024 yillar uchun  media va tijorat huquqlarini qo'lga kiritdi.

Bugun 15 iyul kuni UZREPORT va PFL o'rtasida 5 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolandi.

Joriy yilning 1 avgustidan boshlab Pro liganing eng qiziqarli va markaziy uchrashuvlari UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etiladi.

Pandemiya davrida jismoniy faollik va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari eng qiziqarli va murosasiz futbol uchrashuvlarini namoyish qilish orqali ana shu targ'ibot ishlariga o'z hissasini qo'shishni maqsad qilgan.

Qolaversa, Pro liga translyatsiyalari orqali mazkur musobaqada to'p surib, terma jamoalarimiz murabbiylari e'tiboridan ba'zida chetda qolib ketayotgan iste'dodli futbolchilarni yuzaga chiqarish va kashf qilish ham asosiy maqsadlardan biri.
Demak,  UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida milliy futbol – Pro liga bahslarini jonli efirda, Siz sevgan sharhlovchilar bilan birgalikda kuzatib boring!

UZREPORT TV va PFL: Yangi davr, yangi imkoniyatlar sari!

Syurprizlar mavsumi davom etadi!

Izohlar: 31
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish
  • Davlatbek
    26
    Davlatbek 4 yil avval

    Yaxshi xabar. Iltimos FutbolTV 2 kanal ham ochilar ko'pkina TOP futbol o'yinlari qolib ketyapti

  • Mirjalol Mamatqulov
    -4
    Mirjalol Mamatqulov 4 yil avval

    Nega aynan pro liga, super ligachi

  • Azamatbek
    3
    Azamatbek 4 yil avval

    Pro ligasi 2 chi liga deganimi? Adashmasam 1liga super liga deyilardi

  • Izzatillo
    1
    Izzatillo 4 yil avval

    Umuman xato bòlibdi boridan yòģi yaxwiydi

  • ABRORBEK IBRAGIMOV
    0
    ABRORBEK IBRAGIMOV 4 yil avval

    Kerakmas edi

  • nodirsayimov@gmail.com
    -2
    Nodirsayimov 4 yil avval

    Assalomu alaykum bu ishni avvalroq amalga oshirish kerak edi milliy chempionatimizda ham talantlar bor

  • Азизбек
    -1
    Азизбек 4 yil avval

    Умуман кушмаслик кере еди. Хичким курмеди

  • Хуршед
    -2
    Хуршед 4 yil avval

    Деградируем, ясно...

  • Ibrohim
    2
    Ibrohim 4 yil avval

    Raxmat UZREPORT ollog rozi bo'lsin sizlardan

  • Лазиз
    -5
    Лазиз 4 yil avval

    Супер лигани хам олишларинг керак эди

    • SHOHRUX
      2
      SHOHRUX 4 yil avval

      hamma ko'radi milliy futbolimizni


Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61407 | Инструменты