Yig'ilish O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosida o'tkaziladi.
«ALSKOM» sug'urta kompaniyasi 17 sentyabr kuni aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazadi. Yig'ilish Toshkent shahri, Amir Temur shox ko'chasi, 4 manzilda joylashgan O'zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosida o'tkaziladi.
Yig'ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:
1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash.
2. Kompaniyaning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini o'tkazishga tayyorlangan materiallar bilan Kompaniyaning Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 109 uy manzilida joylashgan ma'muriy binosi hamda www.alskom.uz korporativ veb-saytida tanishishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, yig'ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat, shuningdek aksiyador – jismoniy shaxs vakili notarial tasdiqlangan ishonchnoma, aksiyador – yuridik shaxs vakili o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo'lishi lozim.
Qo'shimcha ma'lumot uchun telefon: (71) 147-11-00.
Alpha version: 0.9.1.19 build 123104 | Инструменты