Huawei 1

«ALSKOM» Sug'urta Kompaniyasi Aksiyadorlik Jamiyati 2018-yil 9-noyabr soat 10:30 da aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini takroriy o'tkazadi. Yig'ilish Sug'urta Kompaniyasining bosh ofisi – Toshkent shahri Amir Temur ko'chasi 109-uy manzilda bo'lib o'tadi.

Aksiyadorlarni ro'yxatga olish soat 09:30 da boshlanadi.

Yig'ilishda ishtirok etish uchun aksiyador va uning vakili shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport), shuningdek aksiyador – jismoniy shaxs vakili notarial tasdiqlangan ishonchnoma, aksiyador – yuridik shaxs vakili o'rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo'lishi lozim.

Umumiy yig'ilish takroriy o'tkazilishini ma'lum qilish uchun aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2018-yil 15-oktabr.

Takroriy o'tkazilayotgan umumiy yig'ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo'lgan aksiyadorlar reyestri shakllantiriladigan sana: 2018-yil 23-oktabr.

Yig'ilish kun tartibiga kiritilgan masalalar:

1. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari takroriy umumiy yig'ilishi reglamentini tasdiqlash

2. «ALSKOM» SK AJ Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash

3. «ALSKOM» SK AJ Kuzatuv kengashi to'g'risidagi Nizomga o'zgartirishlar kiritish

4. Kuzatuv kengashining amaldagi tarkibi vakolatlarini muddatdan oldin bekor qilish

5. Kuzatuv Kengashinining yangi tarkibini saylash

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishini takroriy o'tkazishga tayyorlangan materiallar bilan Kompaniyaning Toshkent sh., Amir Temur ko'chasi, 109-uy manzilida joylashgan ma'muriy binosi hamda www.alskom.uz korporativ veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Ma'lumot uchun telefon: (71) 147-11-00

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123104 | Инструменты