Hayot va salomatlikni sug‘urtalash o‘ziga xos faoliyatdir. Olingan majburiyatlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi «Oʻzbekinvest Hayot» sug‘urta kompaniyasi faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisobalanadi. Buni kompaniyaning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari ham tasdiqlab turibdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2017 yilning 1-chi yarmida mijozlarga to‘lab berilgan sug‘urta qoplamalari hajmi 17,4 mlrd.so‘mdan oshdi. Bu 2016 yilnnig shu davriga nisbatan 183 foizga ko‘pdir.
O‘tgan davrda mijozlardan 3 ming 480 ta ariza kelib tushgan bo‘lca, shundan hozirga qadar 3 ming 450 tasi hal etilgan. Qolgan arizalar ko‘rib chiqilmoqda. Kompaniyaning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, qoplamalarning katta qismi ya’ni, 93,5 foizi ixtiyoriy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keldi. Hayotni uzoq muddatga sug‘urta qilish shartnomalarining ulushi jami qoplamalarda asosiy qismini tashkil etdi. Bunda majburiy qoplamalarga 6,5 foizgina to‘g‘ri keladi. To‘langan qoplamalarning tushgan sug‘urta mukofotlari hajmidagi ulushi yilning 1-chi yarmida qariyib 58 foizga yetdi. Bu uzoq muddatli davrdagi to‘lovlar spetsifikasi va hayotni sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha qoplamalarni to‘lashga olib kelgan bir qator hodisalarga bog‘liqdir.
Ta’kidlash joizki, Respublika hududlarida shaxsiy sug‘urta tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Demak, Kompaniya tomonidan to‘langan jami qoplamalarda hududiy filiallarning ulushi qariyb 68 foizni tashkil etdi. Jami sug‘urta mukofotlaridagi hissasi esa 73 foizga teng bo‘ldi. Sug‘urtachining o‘z majburiyatini vaqtida bajara olishining muhimligini inobatga olgan holda, Kompaniya sug‘urta e’tirozlarini sifatli hal etish ustidan qat’iy nazorat olib bormoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82604 | Инструменты