Huawei 1
"INGO-UZBEKISTAN" sug'urta mukofotlari 9 oyda 21 mlrd so'mni tashkil etdi

Bugungi kunda "INGO-UZBEKISTAN" sug'urta kompaniyasi respublika sug'urta bozorida kuchli raqobatbardosh pozitsiyani egallab kelmoqda. Sayohat sug'urtasi segmentida yetakchilik qilayotgan kompaniyaning sug'urta mukofotlari 2018-yilning 9 oyi davomida 21,0 mlrd so'mni tashkil etdi. Respublika bo'ylab o'z tarmoqlariga ega INGO bu yil 10 yillik yubileyini nishonlamoqda. O'tgan davr ichida kompaniya qanday yutuqlarga erishdi degan savol tug'ilishi tabiiy.

Ta'kidlash kerak, "INGO-UZBEKISTAN" Yevropa va MDHda joylashgan bir qator sug'urta kompaniyalarini birlashtiruvchi "INGO" guruhining to'laqonli a'zosi hisoblanadi. Kompaniyaning asosiy aksiyadori - Rossiyaning "Ingosstrax" sug'urta kompaniyasidir.

"INGO-UZBEKISTAN" sug'urta kompaniyasining Bosh direktori Baxtiyor G'aybullayev qayd etganidek, o'zining sug'urta bozoridagi 10 yillik faoliyati davomida kompaniya nafaqat mijozlarga sifatli, balki ishonchli sug'urta xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniyaga aylanib ulgurdi. “Ingosstrax” biznes-jarayonlarini tashkil etish tajribasi va standartlaridan foydalangan holda kompaniya muvaffaqiyatli rivojlanib, respublika bozorida yetakchi sug'urtachi sifatida tan olindi. 2008-yil bilan taqqoslaganda “INGO-UZBEKISTAN” tomonidan to'langan sug'urta badallari miqdori 20 barobardan oshdi, ustav kapitali esa 25 marotabaga o'sdi.

E'tiborlisi, kompaniya ichki va tashqi bozorlarda qayta sug'urta himoyasining ishonchli vakiliga aylangan. Hozirgi kunda u Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Ispaniya va Amerikaning yetakchi sug'urta kompaniyalari bilan hamkorlik qilib keladi.

Bugungi kunda kompaniya O'zbekistonning barcha viloyatlarida o'z filiallariga ega. Sug'urtalovchining xizmatlari 14 ta filial va 1 ta bo'limda mijozlarga taqdim etilmoqda. “INGO-UZBEKISTAN” agentlik tarmog'i juda faol: bugun ularning soni 199 taga yetdi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123103 | Инструменты