Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140 foizga oshganini kuzatishimiz mumkin.
Sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z mijozlari oldidagi majburiyatlarini tezkor va sifatli bajarish “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ ning ustuvor vazifalaridan biridir.
Sodir etilgan sug‘urta xodisalariga tez va samarali yordam ko‘rsatish maqsadida kompaniyada 24 soatli dispetcherlik xizmati hamda assistans xizmati yo‘lga qo‘yilgan.
Joriy yilning 4 oyi mobaynida kompaniya tomonidan 3000ga yaqin sug‘urta da’volari ko‘rib chiqilib, 12,0 mlrd. so‘m miqdorida sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 140 foizga oshganini kuzatishimiz mumkin.
To‘lovlarning asosiy qismi majburiy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha joriy yilning 1-may xolatiga 2,2 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamalari amalga oshirildi. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash bo‘yicha – 6,1 mlrd. so‘m to‘landi.
Joriy yilning 1 mayiga qadar ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha kompaniya tomonidan qariyb 3,7 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamalari to‘langan. Shu o‘rinda, Namangan shahridagi korxonalarning biriga yong'in natijasida zararlangan mulk uchun 400 mln. so‘m, transport vositalarining ixtiyoriy sug‘urtasi bo‘yicha poytaxtimizda istiqomat qilayotgan fuqarolarimizning biriga sug‘urtalangan avtomashinasi yo‘l transport xodisasi natijasida zarar ko‘rgani uchun qariyb 49,0 mln. so‘m to‘lab berildi.
Kompaniya tomonidan to‘lovlar boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ham to‘lab berilmoqda va insonlarning baxtsiz xodisa natijasida ko‘rgan moliyaviy zararlarini qoplashga imkon bermoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112815 | Инструменты