«SAIPRO» axborot-reyting agentligi 2016 yil yakunlariga ko'ra «KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJning «uzA++» (eng yuqori moliyaviy ko'rsatkich) reytingini tasdiqladi.
«SAIPRO» axborot-reyting agentligi 2016 yil yakunlariga ko'ra «KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJning «uzA++» (eng yuqori moliyaviy ko'rsatkich) reytingini tasdiqladi.
Agentlikning ta'kidlashicha, kompaniyaning 2016 yildagi faoliyati yakunlari bo'yicha ko'rsatkichlari o'tgan yilga nisbatan yaxshilangan. Kompaniya tomonidan yig'ilgan sug'urta mukofotlari hajmi 32 foizga oshgan. 2016 yil yakunlariga ko'ra 17 mlrd. so'mdan ortiq sug'urta qoplamalari to'lab berilgan, bu o'rta hisobda kuniga 26-27 ta sug'urta to'lovlari amalga oshirilganidan dalolat bermoqda.
Kompaniya o'z faoliyatida qayta sug'urtalash vositalaridan keng foydalanmoqda. Kompaniya o'z sug'urta portfelida yirik sug'urta shartnomalari mavjudligi sababli, sug'urta portfelini mustahkamlash maqsadida qayta sug'urtalash bo'yicha operatsiyalarni amalga oshirmoqda.
Mintaqaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish masalalariga kompaniyada alohida e'tibor bilan qaraladi. Aholi va tashkilotlarga yanada yaqinlashish, ularga qulay sug'urta xizmatlarini ko'rsatish maqsadida 2016 yilda 13 ta yangi sug'urta markazlari tashkil etildi. Natijada kompaniyaning hududiy bo'linmalari soni 191 taga yetdi.
Kompaniya tizimida hodimlarni tanlash, ularni tayyorlash, malakasini oshirish va joy-joyiga qo'yish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan. Jumladan, 2016 yilda kompaniyaning mintaqalarida yangi sug'urta markazlari ochilishi natijasida 67 ta (shu jumladan 13 ta shtat xodimi va 54 ta sug'urta hizmatlarini taklif etuvchi sug'urta agenti) yangi ish o'rni yaratildi.
Investitsiya faoliyati sug'urta kompaniyasining to'lov qobiliyati va moliyaviy mustahkamligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Investitsiya portfelini diversifikatsiyalash maqsadida «KAFOLAT sug'urta kompaniyasi» AJ iqtisodiyotning turli moliyaviy institutlariga mablag'lar kiritmoqda.
Kompaniyaning barqaror moliyaviy holati, sug'urta bozorini boshqarishni tartibga soladigan to'lov qobiliyati bo'yicha yetarli zaxiraga egaligi, shuningdek, bozordagi yetakchilik o'rni kompaniyaning baholash reytingi saqlanishini ta'minlovchi muhim omil hisoblanadi.
«uzA++» (eng yuqori moliyaviy ko'rsatkich) reytingini olish kompaniya uchun yangi mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etish, xalqaro moliya institutlari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalari ko'lamini yanada kengaytirishga imkon yaratadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42813 | Инструменты