Huawei 1
«O‘zbekinvest Hayot» 9 oyda 49,6 mlrd so'm sug'urta to'lovlarini qoplab berdi

«O‘zbekinvest Hayot» SKning asosiy vazifalaridan biri bu aholiga hayot va salomatlikni sug'urtalash bo'yicha yuqori sifatli xizmatlar ko'rsatishdan iborat. Bu maqsadga erishishda mijozlar ishonchini qozonish katta ahamiyatga ega. Joriy yilning 9 oyi natijalariga ko'ra, kompaniya tomonidan amalga oshirilgan sug'urta to'lovlari 49,6 mlrd so'mni tashkil qildi. E'tiborlisi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 188% ga o'sgan.

Bugungi kunda mijozlar ishonchi va kafolatlangan sug'urta qoplamalarini o'z vaqtida to'lash «O‘zbekinvest Hayot» SKning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Ta'kidlash kerak, 9 oy davomida kompaniyaga 7 ming 86 ta ariza kelib tushgan bo'lsa, ularning 7 ming 69 tasi  hal etildi, qolganlari esa ko'rib chiqilmoqda. Mukofotlarni sug'urta turlari kesimida ko'radigan bo'lsak, tushgan mukofotlarning asosiy qismi hayot va salomatlikni sug'urtalashga to'g'ri kelib, 95,8% ni tashkil qildi.

O'z navbatida hayotni ihtiyoriy sug'urta qilish shartnomalari bo'yicha to'lovlar umumiy to'lovlar hajmining 94,9% ni tashkil etdi. “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtalash to'g'risida”gi O'zR Qonuni ijrosi doirasida hisobot davrida amalga oshirilgan to'lovlar umumiy miqdorining 4,19% ni tashkil etdi. Amalga oshirilgan to'lovlarning to'plangan sug'urta mukofotlari miqdoridagi ulushi esa hisobot davrida 67% ga teng bo'ldi.

«O‘zbekinvest Hayot» SKning matbuot kotibi Dilnoza Musayeva: 2017 yildagi ma'lumotlarga ko'ra kompaniyamiz O'zbekistondagi eng yahshi va barqaror 3 ta sug'urta kompaniyalar orasidan joy oldi. Joriy yilning 9 oy mobaynida 49,6 mlrd so'm sug'urta mukofotlari to'landi. Bu esa o'tgan yilning huddi shu davriga nisbatan 188 foizga oshganligidan dalolat bermoqda. To'lovlar asosan kompaniyamizning hududiy bo'linmalari tomonidan imzolangan shartnomalarga binoan to'langan. Bu degani aholi orasida hayot sug'urtasi tobora ommalashib bormoqda.

Filiallar tarmog'ining faoliyati kompaniyaning umumiy ko'rsatkichlarida ijobiy dinamika bilan o'sdi. Jumladan, hisobot davrida hududiy filiallar tomonidan amalga oshirilgan to'lovlar ulushining umumiy hajmi 72,1% bo'ldi. To'lovlar miqdorining kelib tushgan sug'urta mukofotlariga mutanosibligi esa 75,1% ni tashkil etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123104 | Инструменты