Huawei 1
Shuxrat Rasulov “O‘zagrosug‘urta” Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi

“O‘zagrosug‘urta” AJ Kuzatuv kengashi qarori bilan Shuxrat G‘ayratovich Rasulov Jamiyat Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Shuxrat Rasulov 1971 yil Nukus shahrida tug’ilgan. 1993 yil Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali, 1999 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi, 2009 yil Qoraqalpoq davlat universitetini tamomlagan. 

Shuxrat Rasulov tayinlovga qadar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o’rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 

Mehnat faoliyatini 1994 yilda O‘zbekiston Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasida boshlagan. Shu vaqtga qadar “Mikrokreditbank”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “Aloqabank”, “Ipotekabank”, “Turonbank” kabi moliya muassasalarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Eslatib o'tamiz, 2019 yildan beri “O‘zagrosug‘urta” AJga rahbari lavozimini Sarvar Otamurodov egallab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123104 | Инструменты