Chimkentda o'tkazilgan O'zbekiston sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'rgazmasidan fotoreportaj

Qozog'iston va O'zbekiston I mintaqalararo hamkorlik forumi doirasida Chimkentda ikki mamlakat sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari hamda tovarlari ko'rgazmasi o'tkazildi.

Unda Qozog'iston Bosh vaziri birinchi o'rinbosari Askar Mamin hamda O'zbekiston Bosh vaziri birinchi o'rinbosari Ochilboy Ramatovlar ishtirok etdi.

2 kun o'tkazilgan Sanoat va qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Bosh vazirlarning birinchi o'rinbosarlari har ikkala mamlakat mahsulot va tovarlari bilan yaqindan tanishishdi.

O'zbekiston ushbu ko'rgazmada o'zining sarxil mevalari, qishloq xo'jaligi mahsulotlari, tekstil tovarlarini namoyish etgan bo'lsa, Qozog'iston ishlab chiqarish sanoatini taqdim etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 63017 | Инструменты