Abdulhakim qori Matqulov Ko‘kaldosh madrasasiga mudir etib tayinlandi
Joriy yil 3-may kuni Toshkent shahridagi Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti pedagoglar jamoasining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom bilim yurti mudiri Muhammadamin domla Nasriyev boshqa ishga o‘tganligi sababli uning o‘rniga diniy-ma’rifiy sohada ko‘p yillar mehnat qilgan Abdulhakim qori Matqulov tayinlangani ma’lum qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari yig‘ilishda so‘zga chiqib, davlat rahbari tomonidan bugungi murakkab dunyoda xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga Islom dini mohiyatini to‘g‘ri tushuntirib berish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish, diniy ta’lim sifatini yanada oshirish, zaminimizdagi qadimiy diniy ta’lim ana’nalari va ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish hamda yurtimizda diniy ta’lim muassasalarida tatbiq etish kabi muhim topshiriqlar berilganini alohida ta’kidladilar.

Muftiy hazratlari madrasaning yangi mudiri va pedagoglar jamoasi oldida mana shunday dolzarb vazifalar turganini ham alohida qayd etdilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22003 | Инструменты