Huawei 1
Baxtiyor Saidov Qozog‘istonda ShHT tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

21-may kuni Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisida ishtirok etdi.

"Bugun Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT tashqi ishlar vazirlari Kengashi yig‘ilishida ishtirok etdik. Uchrashuvimiz Eronning marhum Prezidenti Ibrohim Raisiy Janobi Oliylari va hamkasbimiz Husayn Amir Abdullahiyon janoblari xotirasiga sukut saqlash bilan boshlandi. Belarus tashqi ishlar vaziri Sergey Aleynik janoblarini Belarus Respublikasining ShHT oilasiga to‘laqonli a’zo sifatida qo‘shilishi bo‘yicha barcha tartib-taomillar muvaffaqiyatli yakunlangani bilan tabrikladik. Bo‘lajak sammitga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida biz ShHT doirasidagi hamkorlikning ustuvor jihatlari va sohalar bo‘yicha qator dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdik. Xususan, iqtisodiy hamkorlik, xavfsizlik, transport-logistika, madaniy-gumanitar va boshqa yo‘nalishlar yuzasidan ochiq va konstruktiv fikr almashdik. O‘zbekiston ShHTning mintaqaviy va global miqyosdagi rolini yanada mustahkamlash, uning ulkan salohiyatidan samarali foydalanish, ayniqsa, Tashkilotni kengaytirish tarafdori", - deya yozgan vazir o'z sahifasida. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga