Huawei 2
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron O'zbekistonga keladi

Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Tojikiston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistonga safar qiladi. Tashriflarda Britaniya bilan savdo, xavfsizlik va atrof-muhit bo‘yicha aloqalarni kengaytirish maqsadida muzokaralar o‘tkaziladi.

The Independent xabariga ko‘ra, Kemeron Markaziy Osiyo "Britaniya duch kelayotgan eng katta muammolarning markazida» ekanligidan ogohlantirib, uning "qiyinchilik bilan erishilgan suverenitetni" qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator chora-tadbirlarni e’lon qiladi. 

Dushanba kuni Dushanbedagi Millat saroyida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashuvda Devid Kemeron biznes, iqlim o‘zgarishi va terrorizmga qarshi kurash kabi muhim sohalarda hamkorlik qilish uchun «ko‘proq ish qila olamiz», dedi. 

"Mamlakatingizga tashrif buyurgan Britaniyaning birinchi tashqi ishlar vaziri ekanligimdan mamnunman. Oradagi tanaffus juda uzoq davom etganidan afsusdaman", dedi u prezident Rahmonga. 

"Biz Buyuk Britaniya va Markaziy Osiyoning barcha respublikalari o‘rtasidagi munosabatlarda yangi davrni shu yerda, Tojikistondan boshlamoqchimiz. Bu yerga: "Hamkorlikni kengaytiraylik, birgalikda ko‘proq ishlarni qilaylik" deyish uchun kelganman", dedi u.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga