Bugun O'zbekiston va Hindiston Mudofaa vazirliklari bo'linmalari o'rtasida "Termiz" harbiy poligonida "Do'stlik" qo'shma harbiy o'quv mashg'ulotlarining beshinchi davrasi boshlanmoqda.
Bu ikki davlat o'rtasidagi beshinchi harbiy mashg'ulot bo'lmoqda. 2019-yildan buyon shu paytgacha "Do'stlik" mashg'ulotlari har ikki davlatda ikki martadan o'tkazilgan.
Avvalgilaridan farqli ravishda navbatdagi qo'shma tadbirda tomonlarning 60 nafardan harbiy xizmatchisi ishtirok etmoqda. Shuningdek, quruqlikdagi qo'shinlar vakillariga harbiy havo kuchlari mutaxassislari ham qo'shilgan.
Mashg'ulotlarda harbiy bo'linmalar o'rtasida terrorizmga qarshi birgalikda kurashish va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda muvofiqlashtirilgan harakatlar va jipslikni oshirishga asosiy e'tibor qaratiladi.
Ikki davlat mudofaa idoralari o'rtasidagi hamkorlik rejasiga muvofiq tashkil etilgan mashg'ulotlar 28-aprelgacha davom etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82708 | Инструменты