Ayni payt mamlakatimizda bo‘lib turgan Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron hozirgina O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga tashrif buyurdi.
Dasturga muvofiq, bu yerda martabali mehmonning mamlakatimiz tashqi siyosat idorasi rahbari Baxtiyor Saidov bilan muzokarasi boshlandi.
Uchrashuv davomida mintaqaviy xavfsizlik, taʼlim, iqlim o‘zgarishi, ikki tomonlama savdo hamda biznes aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etilmoqda.