Huawei 1
Hudud rahbarlari muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib qolgani tanqid qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Maʼlumki, o‘tgan yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan edi.

O‘tgan davrda 10 dan ortiq davlatning tajribasi chuqur o‘rganildi, ijtimoiy xizmat bo‘yicha mutaxassis-ekspertlar bilan hamkorlikda sohaning ahvoli o‘rganildi.

Tahlil va o‘rganishlar ko‘rsatganidek, odamlar tashvishini ichiga kirmagan, o‘zidan o‘tkazmagan eski tizim tubdan o‘zgarishi kerak va bu murakkab, kompleks jarayon.

Davlat rahbari sohadagi baʼzi kamchiliklarni sanar ekan, 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta o‘ylanmasdan, betartib belgilanganini ko‘rsatib o‘tdi.

Hudud rahbarlari ham muhtoj oilalar bilan manzilli ishlamay, pul va oziq-ovqat berish, maishiy texnika sovg‘a qilish bilan cheklanib kelgani qayd etildi.

Eski ijtimoiy himoya tizimida odamlarga umid berish, hayotini yaxshilashi, band bo‘lishiga ko‘maklashish eng oxirgi o‘ringa tushib qolgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20309 | Инструменты