Huawei 1
Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi

Vazirlar Mahkamasi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining elektron-onlayn savdolari orqali ijaraga berilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Prezidentning “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2024-yil 18-yanvardagi farmonining 1 va 4-bandlarida 2024 yil 1 martdan boshlab:

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn-auksion savdolari joriy etish;

- qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huhuq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ruxsat berilganligi, bunda:

- ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil davomida, ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa, kamida besh yil davomida o‘zi foydalangan bo‘lishi shartligi, bu muddat ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab hisoblanishi;

- yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion savdolari, ochiq elektron tanlov yoki tanlov o‘tkazmasdan davlat organlarining qarorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan yer uchastkalarini boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab besh yildan keyin yo‘l qo‘yilishi;

- ijaraga beruvchi ochik elektron tanlov natijasiga ko‘ra ijara muddatiga teng taqsimlanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni yoki elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan to‘lovlarni bir yo‘la to‘lashi shartligi belgilangan edi.

Ushbu qarorga muvofiq esa, hukumatning ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

- bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi;

- elektron onlayn-auksion savdoni o‘tkazish uchun materiallarni tayyorlash, elektron onlayn-auksion savdoni tashkil etish va undan tushadigan mablag‘larni taqsimlash, ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat va monitoring qilish tartibi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga