Jamshid Tursunov Buxoro viloyati hokimining birinchi o‘ribosari lavozimiga tayinlandi. U tayinlvoga qadar Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Jamshid Tursunov 1979-yil 22-fevral kuni Buxoro viloyati Buxoro tumanida tug'ilgan. Millati o'zbek, 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2003-yilda O'zbekiston Respublikasi bank-moliya Akademiyasini tamomlagan.
2000-2001-yillarda Markaziy banki Moliya departamenti moliyaviy ta'minlash va nazorat qilish bo'limi yetakchi iqtisodchisi, 2001-2002-yillarda Markaziy banki Moliya departamenti oltin valyuta zahiralari bilan ishlash bo'limi bosh iqtisodchisi, shu yilning o'zida Markaziybanki Moliya departamenti hisobotlarni jamlash va tahlil qilish bo'limi bosh iqtisodchisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Shuningdek:
2002-2003 yy. - O'zR Bank moliya akademiyasi bank ishi fakulteti tinglovchisi
2004-2004 yy. - O'zR Markaziy banki Moliya departamenti boshqarma boshlig'i
2004-2006 yy. - O'zR Markaziy banki Moliya departamenti direktori o'rinbosari
2006-2008 yy. - O'zR Markaziy banki Buxoro viloyati Bank boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari
2008-2009 yy. - "O'zsanoatqurilishbank" Buxoro mintaqaviy filiali boshlig'i
2009-2009 yy. - "O'zsanoatqurilishbank" risk menejment departamenti direktori o'rinbosari
2009-2010 yy. - "O'zsanoatqurilishbank" Toshkent viloyat mintaqaviy filiali menejmenti
2010-2011 yy. - "O'zavtoyo'l"DAK Moliya-iqtisodiyot Bosh boshqarmasi Qurilish va ta'mirlash ishlarini iqtisodiy tahlil qilish bo'limi boshlig'i 2011-2017 yy. - "O'zavtoyo'l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Moliya-iqtisodiyot Bosh boshqarmasi boshlig'i
2017-2019 yy. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilishva qurilish industriyasi masalalari ATD avtomobil yo'llarini rivojlantirishbo'yicha bosh mutaxassisi
2019-2020 yy. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyatining avtomobil yo'llarini va avtomobil transportini rivojlantirish bo'yicha bosh mutaxassisi
2020-2021yy. - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.
Eslatib o'tamiz, 2022-yil 26-dekabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov lavozimidan ozod etilib, uning o'rniga Ulug'bek Qosimov viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81606 | Инструменты