Huawei 1
Konstitutsiyaga o'zgartirish kiritish bo'yicha fuqarolardan 150 mingdan ortiq taklif kelib tushdi

Konstitusiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi yakuni bo'yicha Qonunchilik palatasi mas'ul qo'mita raisi Jahongir Shirinov ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, qonun loyihasi umumxalq muhokamasiga chiqarilgandan so‘ng bugunga qadar 150 mingdan ortiq taklif kelib tushgan. Ularning 67 foizini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar taqdim etgan.

Hududlar kesimida takliflarning eng ko‘pi Toshkent viloyatidan 13,6 % (20 587 tasi), Toshkent shahridan 12,5 %  (18 933 tasi) hamda Andijon viloyatidan 9,3 % (14 020 tasi) kelib tushgan. Ularning mualliflari eng kichigi – 15 yoshni va eng yoshi ulug‘i – 95 yoshni tashkil etmoqda.

Xorijdagi, jumladan, Rossiya Federasiyasi, Janubiy Koreya, Turkiya, Qozog‘iston, Germaniya va boshqa davlatlardan ham yuzlab taklif va munosabatlari qabul qilindi.

Fuqarolardan kelib tushayotgan takliflar orasida:

• davlatda ishsizlikni tugatishi;
• soliqqa tortishning mutanosib va ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi;
• davlatning zarur hollarda xorijdagi fuqarolarga huquqiy
va boshqa yordam ko‘rsatishi;
• davlat organlari faoliyatida ochiqlikning bo‘lishi va ularga korrupsiyaga qarshi kurashish majburiyatini yuklash;
• aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligi;
• mahalliy Kengashlarga ham hokimlarga ishonchsizlik votumini bildirish vakolatini berish;
• sudning inson huquq va erkinliklarini kamsituvchi normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashga haqli emasligini belgilash haqida va boshqa shu kabi kelib tushgan takliflar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Eslatib o’tamiz, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi 25-iyundan 1-avgustgacha davom etdi. Endi ushbu loyiha siyosiy partiyalar fraksiyalarida muhokamalar o'tkaziladi, so’ng Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi kun tartibiga olib chiqiladi.

«Qonun loyihasining matni tayyor bo'lishi bilan uni deputatlarimiz muhokamasiga kiritamiz. Deputatlarimiz fikrini olgan holda keyinchalik tayyor bo'ladigan Konstitutsiyaviy qonun loyihasini referendumga qo'yilishini rejalashtirganmiz», - dedi brifingda Jahongir Shirinov.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60616 | Инструменты