“Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu, sening tizimingga baho bu” — Prezident Tax Gap bekor bo‘lishiga tadbirkorlar qarsaklar chalgani haqida
18-avgust, juma kuni bo‘lib o‘tgan tadbirkorlar bilan uchrashuvda prezident Shavkat Mirziyoyev "yangi joriy qilingan Tax Gap tizimi adolatsiz ekanligini bildirishayapti", deya ta’kidladi.
Shundan so‘ng, tadbirkorlar uning fikrini qo‘llab-quvvatlab, o‘rnidan turgan holda qarsaklar chalishdi.
"Kudbiyev degan kattakon, senga baho bu, sening tizimingga baho bu. Shuning uchun ko‘p joylardan aylantirib, bu yerda olib kelganim bejizga emas. Olayotgan oyliklaringni oqlamayapsizlar. Xalqqa to‘siq bo‘layapsizlar, tadbirkorlarga yordam bermayapsizlar. Tax Gap degan balo tadbirkorlarni qiynayapti, katta-katta korrupsiyaga sabab bo‘layapti, desak bular qarsak chalayapti. Ey prezident, ko‘zing ochilgani rost bo‘lsin, deyapti", — deya Shavkat Mirziyoyev Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyevni tanqid qildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60219 | Инструменты