Huawei 1
Muxsinxuja Abduraxmonov O'zbekistonning Yaponiyadagi yangi Favqulodda va Muxtor Elchisi tayinlandi

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qarori bilan Muxsinxuja Tursunxujayevich Abduraxmonov O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi.

M.Abduraxmonov 1974 yil Farg'ona viloyatida tug'ilgan.

Chiko shahridagi Kaliforniya davlat universiteti (AQSH) va Otaru kommersiya universiteti (Yaponiya) bitiruvchisi.

2004-2008 yillarda Xokkaydo universitetida doktorlik dissertatsiyani himoya qilgan.

2004-2006 yillarda «Coca Cola Ichimligi O’zbekiston» kompaniyasida menejer lavozimida ishlagan.

2008-2018 yillarda «MTRUSTCo. Ltd» (Yaponiya) bosh direktori.

2018-2021 yillarda Farg'ona viloyati hokimi o'rinbosari – investitsiya va tashqi savdo boshqarmasi boshlig'i.

2021 yildan Elchi lavozimiga tayinlangunga qadar O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig'i.

Rus, tojik, ingliz, yapon va arab tillarini biladi.

Oilali. To'rt nafar farzandi bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga