Huawei 2
Namanganda O'zbekiston va Qirg'iziston hukumat delegatsiyalari qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi

Shu yilning 15-20-aprel kunlari Namangan shahrida O'zbekiston va Qirg'iziston hukumat delegatsiyalari qo'shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Uchrashuvda O'zbekiston-Qirg'iziston Davlat chegarasini demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Dala o'rganishlar o'tkazilib, ular davomida davlatlararo chegara delimitatsiya chizig'ini hududga o'tkazish bo'yicha vazifalarga aniqlik kiritildi.

Muzokaralar do'stlik va o'zaro hamjihatlik muhitida o'tdi. Tadbir yakunida tegishli bayonnoma imzolandi. Ishchi guruhlarning navbatdagi yig'ilishi Qirg'iziston hududida bo'lib o'tadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga