Huawei 1
Nozima Davletova Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisligiga saylandi. Akramjon Fozilov esa fond direktori bo‘ldi

Kecha, 24-noyabr kuni Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari hamda Vasiylik kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Yig‘ilishda fond Vasiylik kengashi raisligiga Nozima Davletova nomzodi ko‘rib chiqildi va tasdiqlandi. U joriy yil fevral oyida fond direktori lavozimiga tasdiqlangan va shu paytdan beri ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.

Shuningdek, Mass-media fondi direktori etib xalqaro aloqalar va nodavlat notijorat tashkilotlarida ish tajribasiga ega Akramjon Fozilov tayinlandi.U bunga qadar Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assosiasiyasi — EUROUZning Toshkentdagi loyihasi ofisi rahbari lavozimida faoliyat olib borgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11917 | Инструменты