Huawei 1
O‘zbekiston Fransiyadan 24 ta Rafale qiruvchi samolyotini sotib oladi

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning noyabr oyida O‘zbekistonga tashrifi doirasida nafaqat fransuz energetika kompaniyalari uchun uran masalasi, balki harbiy samolyotlar borasida hamkorlik muhokama qilingan, deya xabar berdi "Intelligence Online" nashri.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston rahbariyati 24 ta Rafale qiruvchi samolyotini olishdan manfaatdor. Biroq aniq shartlar va moliyalashtirish tartibi haqida ma'lumot berilmagan.

"Fransiya o‘zining Rafale samolyotlarini O‘zbekistonga sotishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Sababi Hindiston, Qatar, Indoneziya va Xorvatiya kabi boshqa mamlakatlarning ham bu qurolga katta talabi bor, bu esa fransuz mudofaa sanoatini ushbu samolyot modeli uchun oldindan buyurtmalar ko‘pligini bildiradi. Shunga qaramay, Fransiya O‘zbekistonga o‘zining mavjud zaxiralari bilan yordam berishi mumkin", deyiladi xabarda.

Keltirilishicha, 2023-yil uchun O‘zbekiston mudofaa budjeti uchun 1,4 milliard dollar ekvivalentida mablag‘ ajratgan. The Military Balance maʼlumotiga ko‘ra, mamlakatning jangovar aviatsiyasi arsenalida hozirda xizmat ko‘rsatilayotgan 12 ta MiG-29 va MiG-29 UB samolyotlari va qo‘shimcha 18 ta bir xil turdagi samolyotlar saqlanadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari 12 ta Su-25 hujumchi samolyoti va 15 ta Su-24 bombardimonchi samolyotlaridan iborat katta flotga ega.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты