Huawei 2
O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari qadimiy Xiva shahrini ziyorat qilishdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev davlat tashrifi bilan O'zbekistonda bo'lib turibdi.

Kecha, 21-iyun kuni bo'lib o‘tgan muzokaralar yakunida davlat rahbari o‘zbek va ozarbayjon xalqlari munosabatlarining shonli tarixi bugungi ko‘p qirrali hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratganini ta’kidlagan edi.

Shu jihatdan, O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlarining Xiva shahriga tashrifi katta ma’noga ega.

Davlat rahbarlari Ota darvozadan kirib, Ko‘k minora, Ko‘hna ark saroyi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, Tosh hovlini tomosha qildi, Allomalar muzeyi bilan tanishdi.

Prezidentlar Ichan qal’a yaqinidagi Nurillaboy saroyini ham borib ko‘rdi.

Xivaning davlatchilik va ilm-fan rivojida tutgan o‘rni, qadimiy obidalari va san’ati ozarbayjonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Ma'lumot o'rnida, Ichan qal’a nodir shahar-yodgorlik sifatida diqqatga sazavor. Bu yerda 120 dan ziyod me’moriy obidalar bor. Shu bois Xiva shahri 1990-yil 12-dekabrda YUNESKO Madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga