2024-yil 11-iyuldan T–916 zonali navigatsiya marshrutining yangi bo‘limlari rasmiy e’lon qilindi va havo kemalari parvozi uchun foydalanishga topshirildi. Shu kuni Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi yangi yo‘nalishning birinchi foydalanuvchisi bo‘ldi.
Ushbu 40 kilometrga qisqargan yangi yo‘nalishning joriy etilishi aviakompaniyalarga har kungi reyslar davomida yiliga 30 tonnadan 50 tonnagacha aviayoqilg‘ini tejash imkonini beradi. Shu bilan birga, kislorod sarfi 50-70 tonnaga, atmosferaga zararli dioksid chiqindilari esa yiliga 220-250 tonnaga kamayadi.
Aviakompaniyalarning eng samarali va qisqa yoʻnalishlarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida “Oʻzaeronavigatsiya” Markazi DUK va “Qozaeronavigatsiya” Markazi DUK mutaxassislarining qoʻshni havo hududlari konstruksiyalari elementlarini optimallashtirish, shuningdek, havo harakatiga xizmat ko‘rsatish dispetcherlarining ish hajmini kamaytirish masalalari bo‘yicha oʻzaro faol hamkorligida havo yo‘nalishlarining yangi uchastkalarini joriy etish boshlandi.
Prognozlarga ko'ra, kuniga 30 dan ortiq aviakompaniya yangi optimallashtirilgan yo'nalish bo'yicha parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. “O‘zaeronavigasiya” Markazi DUK qo‘shni davlatlar provayderlari bilan hamkorlikda yangi HHTE yo‘nalishlarini joriy etish bo‘yicha faol ishlarni davom ettiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты