Huawei 1
O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda - TIV

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyat — Eron-Isroil mojarosi keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda ekanini bildirdi.

"O‘zbekiston Respublikasi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashuvining yangi bosqichidan chuqur xavotirda.

O‘zbekiston tomoni barcha taraflarni bosiqlikka, harbiy harakatlarni davom ettirishdan tiyilishga hamda mojaroni eng qisqa fursatlarda siyosiy tartibga solish uchun mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishga chaqiradi.

Mazkur mintaqadagi keskinlikning avj olishi yanada jiddiy oqibatlarga va keng ko‘lamli harbiy qarama-qarshiliklarga olib kelishi mumkin deb hisoblaymiz", - deyiladi bayonotda

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты