"Oilaviy tadbirkorlik" dasturi doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo'lib o'tmoqda.

Yig'ilishda aholiga bo‘lib berilgan yer maydonlari hamda tomorqa yerlariga sanoat va kooperatsiyani keng olib kirib, qo‘shimcha 1 milliard dollarlik mahsulot yetishtirish mumkinligi qayd etildi.

Buning uchun 1 trillion so‘m kredit uchun resurs ajratiladi. Ushbu kreditlar kooperatsiya asosida mahsulot yetishtirish, texnika, aylanma mablag‘ uchun 100 million so‘mgacha garovsiz, 150 million so‘mgacha garov taʼminoti 50 foizga pasaytirilgan holda beriladi.

Shuningdek, jami 10 mingta texnika fermer va dehqonlarga 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan lizingga beriladi. Chetdan olib kelinib, lizingga beriladigan motokultivator va minitraktorlarga bojxona imtiyozi 3 yilga uzaytiriladi.

Issiqxonalarda mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvalash bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilab olindi.

Issiqxona xo‘jaliklarini kreditlash mexanizmini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Prezident yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo‘ydi.

Ushbu maqsadlarga “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit beriladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты